.jpg)
"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkiga Iqtisodiy taraqqiyot tijorat banki "Qozon banki" delegatsiyasi amaliy tashrif bilan keldi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Texnopark infratuzilmasi va ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks moliyaviy yechimlarni taqdim etishdan iborat.
.jpg)
Uchrashuvda xorijiy investorlarning moliyalashtirish va bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratildi.Tashrif yakunlari bo‘yicha bir qator individual maslahatlashuvlar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi, uning doirasida xorijiy investorlar, "Chirchiq" texnoparki rezident korxonalarining ta’sischilari hamkorlikning mumkin bo‘lgan shartlarini batafsil muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi.
.jpg)