Qiziqarli kimyo: kosmosda metil kation

// 14 November 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (2.07 MB)

Uglerod elementining kimyoviy xossalari yillar davomida koʻplab tadqiqotlar mavzusi boʻlib kelgan. Bu sohadagi kuzatishlar bizni Yerdagi hayot evolyutsiyasi sirlarini, shuningdek, uning koinotning boshqa joylarida rivojlanish imkoniyatlarini tushunishga undaydi.

Xalqaro olimlar jamoasi NASAning  Jeyms Uebb kosmik teleskopi yordamida olingan suratni eʼlon qildi. Rasmda yangi, ilgari kuzatilmagan uglerod birikmasi - metil kation (CH3+) aniqlangan. Zarracha yulduz tizimida bizdan - Orion tumanligidan taxminan 1350 yorugʻlik yili uzoqligida joylashgan. 

Kosmik ultrabinafsha nurlanish aksariyat organik tuzilmalarga halokatli taʼsir koʻrsatadi. Biroq, olimlar bu energiya metil kationining hosil boʻlishida muhim rol oʻynashini taxmin qilmoqdalar. Hosil boʻlgach, ion keyingi kimyoviy reaksiyalarga kirishadi, natijada yanada murakkabroq uglerod molekulalari - hayot izlari hosil boʻladi.

Metil kation birikmasi (CH3+)  vodorod bilan nisbatan yomon reaksiyaga kirishadi, lekin boshqa moddalar bilan oson taʼsirlanadi va tirik organizmlar uchun zarur boʻlgan murakkabroq uglerod asosidagi molekulalarning shakllanishini keltirib chiqaradi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati