Qayta ishlangan chiqindilardan tayyorlangan plastik qadoqlar bozori 2034-yilga borib 51,84 milliard dollarga yetishi mumkin

// 18 March 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (338.94 KB)


Isteʼmol chiqindilardan qayta ishlangan (PCR) plastik qadoqlarning jahon bozori 2024-yilda 19,35 milliard dollarni tashkil etdi. 2025-yilda bozor 21,28 milliard dollarga baholanmoqda va 2034-yilga kelib yiliga oʻrtacha 10,4% oʻsgan holda 51,84 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. 

Ushbu maʼlumotlar Precedence Research agentligining soʻnggi tadqiqotida keltirilgan.

O‘tgan yilda bozorning katta ulushi 35,52% bilan Shimoliy Amerikaga toʻgʻri kelib, 6,23 milliard dollarni tashkil etgan. Xabarlarga koʻra, atrof-muhit haqida xabardorlikning oʻsishi va barqarorlik haqidagi xavotirlar AQSHda ekologik toza qadoqlash yechimlariga boʻlgan talabni oshirmoqda. 

Bundan tashqari, plastik chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlashni ragʻbatlantirishga qaratilgan tartibga solish tashabbuslari bozorni shakllantirmoqda. Yevropa 24,41%, Lotin Amerikasi 6,06%, Yaqin Sharq va Afrika 3,42%, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi esa bozorning 30,59 foizini egallaydi. Aynan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi prognoz qilinayotgan davrda eng tez oʻsishga ega boʻladi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati