Polimer oʻrgimchak toʻrlar robototexnika uchun yangi imkoniyatlar ochadi

// 18 March 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (109.46 KB)

Estoniyadagi Tartu universiteti olimlari oʻrgimchaklarning toʻr toʻqish qobiliyatidan ilhomlanib, uni robotlarga oʻtkazishdi. Ularning gʻoyasi mashinalarga muayyan vazifalarni hal qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ish paytida polimer tolalaridan turli tutqichlar va vaqtinchalik harakat yoʻllarini yaratishga imkon berdi.

Xususan, bunday oʻrgimchak-robot singan shishali toʻsiqni uning ustiga polimer tunnel toʻqish orqali osongina yengib oʻtishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, oʻzi choʻzilgan tolali tutqich tufayli moʻrt gulni sirtdan koʻtardi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, sunʼiy toʻr teflon, moyli shimgich va mum bilan qoplangan oʻsimlik barglari kabi butunlay boshqa sirtlarga yopishib olishga qodir.

Taʼkidlash joiz, bunday robotlarning noodatiy xususiyatlaridan qurilishda, qutqaruv operatsiyalari paytida, ofat zonalarida ishlashda va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. 

Polimer oʻrgimchak toʻri tufayli ular osongina turli xil kesib oʻtish joylari, koʻpriklar va vaqtinchalik konstruksiyalarni yaratishga qodir, bu esa bunday vaziyatlarda foydali boʻlishi mumkin.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati