OʻZBEKISTON – POKISTON BIZNES FORUMIDA, “O`ZKIMYOSANOAT” AJ OʻZINING INVESTITSIYA VA EKSPORT POTENSIALINI TAQDIMOT QILDI VA SHARTNOMALAR IMZOLADI

// 03 March 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (291.28 KB)

Joriy yilning 2-mart sanasida Pokiston Islom Respublikasi poytaxti Islomobod shahrida Oʻzbekiston – Pokiston Biznes forumi boʻlib oʻtdi. Ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy, sanoat, transport-logistika va investitsiya loyihalarni amalga oshirish borasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi koʻzlangan forumda “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari ham ishtirok etishdi. Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ tizim korxonalari va kimyo-texnologik klasterlari salohiyatlari, investitsiya va eksport potensiallari forum qatnashchilari hamda  Pokiston biznes vakillariga taqdimot qilindi. Shu bilan birga, biznes forum doirksida “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari Pokistonning qator yirik kompaniyalari bilan kimyo sanoatida hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari, mahsulotlar eksporti, yetkazib berish va investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar oʻtkazishdi. Natijada, “Wah Nobel Group of Companies” bilan 2022-yilda  Oʻzbekistondan Pokistonga 24.000 tonna texnik metanol va 300 tonna natriy nitrat kimyo mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha eksport kelishuviga erishildi.

Pokistonning “Fatima Group” kompaniyasi muzokaralar davomida “Fargʻonaazot” AJni xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishga qiziqish bildirdi va kompaniyaga bu boʻyicha tegishli maʼlumotlar taqdim etildi. Shu bilan birga, boshqa kimyoviy mahsulotlarni, tashkil etilayotgan kimyo-texnologik klasterlari doirasida ishlab chiqarish loyihalari boʻyicha oʻrganishlar olib borishga kelishib olindi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati