
18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun hamda “Yoşlar kuni” munosabati bilan “Özkimyosanoat” AJ taşabbusi asosida jamiyat va tarmoq korxonalari hamda taşkilotlari xodimlari örtasida “Özkimyosanoat kubogi” kibersport musobaqalari taşkil etildi.

Musobaqalar yoş xodimlarning intellektual salohiyatini rivojlantiriş, ularning zamonaviy texnologiyalar va kibersportga bölgan qiziqişini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, tarmoq korxonalari örtasida hamjihatlik va soğlom raqobat muhitini mustahkamlaş maqsadida ötkazildi.
Iştirokçilar Counter-Strike 2 (CS2), Dota 2 va FIFA 2025 yönalişlari böyiça özaro kuç sinaşib, yuqori mahorat, jamoaviy hamkorlik va ğalabaga bölgan intilişlarini namoyon etdilar.

Qizğin va murosasiz bahslar yakuniga köra, quyidagi iştirokçilar va jamoalar sovrinli örinlarni egalladilar:
FIFA 2025 böyiça:
1-örin — “Maxam-Çirçiq” AJ xodimi Yodgor Şanazarov;
2-örin — “Özkimyoimpeks” MÇJ xodimi Akmal Djurabayev;
3-örin — “Ammofos-Maxam” AJ xodimi Davronjon Tohirov.
Dota 2 böyiça:
1-örin — “Özkimyosanoat” AJ jamoasi;
2-örin — “Maxam-Çirçiq” AJ jamoasi;
3-örin — “Ammofos-Maxam” AJ jamoasi.
Counter-Strike 2 (CS2) böyiça:
1-örin — “Maxam-Çirçiq” AJ jamoasi;
2-örin — “Ammofos-Maxam” AJ jamoasi;
3-örin — “Özkimyoimpeks” MÇJ jamoasi.
Mazkur musobaqalar nafaqat iştirokçilarning kibersport böyiça mahoratini namoyiş etiş, balki turli korxona va taşkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar örtasida özaro tajriba almaşiş, döstona munosabatlarni rivojlantiriş hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlaş uçun ham muhim maydon böldi.
“Özkimyosanoat” AJ barça ğolib va sovrindorlarni erişgan natijalari bilan tabriklaydi hamda ularga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi!