“Özkimyosanoat” AJ va “China Tianchen Engineering Corporation Ltd.” kompaniyasi özaro anglaşuv memorandumini imzoladi

// 23 October 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (43.38 MB)

Bugun “Özkimyosanoat» AJda Xitoyning “China Tianchen Engineering Corporation Ltd.” (TCC) kompaniyasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuv yakunida tomonlar örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.



Mazkur hujjat kimyo sanoati sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, istiqbolli investitsiya loyihalarini birgalikda örganiş hamda işlab çiqarişga zamonaviy texnologik yeçimlarni jalb etişga qaratilgan.

Hamkorlikning asosiy yönalişlaridan biri sifatida kömirni çuqur qayta işlaş asosida ammiak va karbamid işlab çiqarişni taşkil etiş loyihasini birgalikda işlab çiqiş belgilangan.
Memorandum doirasida tomonlar loyihani amalga oşirişning texnik va iqtisodiy jihatlarini örganiş, kömir xomaşyosi bazasini baholaş, maqbul texnologik yeçimlar va işlab çiqariş quvvatlarini aniqlaş, şuningdek, loyihani amalga oşirişning ehtimoliy mexanizmlarini körib çiqişni rejalaştirmoqda. Uşbu hamkorlik kimyo sanoatida xomaşyo resurslaridan samarali foydalaniş, ularni çuqur qayta işlaş orqali yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş imkoniyatlarini örganişda muhim ahamiyat kasb etadi.



“China Tianchen Engineering Corporation Ltd.” (TCC) — Xitoyning kimyo, neft-kimyo va turdoş sanoat tarmoqlaridagi yirik sanoat obyektlarini loyihalaştiriş, quriş va amalga oşirişga ixtisoslaşgan yetakçi muhandislik kompaniyalaridan biri.



1953-yilda taşkil etilgan kompaniyaning boş qarorgohi Xitoyning Tyantszin şahrida joylaşgan. TCC “China National Chemical Engineering Group Corporation” (CNCEC) tarkibiga kiradi.