“Özkimyosanoat” AJ rahbariyati tomonidan sayyor qabul ötkazildi

// 27 November 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (40.02 KB)

 “Özkimyosanoat” AJ tomonidan fuqarolar murojaatlarini joyida örganiş, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yeçim topiş hamda aholi bilan oçiq muloqotni yölga qöyiş maqsadida sayyor qabullar taşkil etilmoqda.

Sayyor qabullarning navbatdagisi D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toşkent şahridagi filialida bölib ötdi. Tasdiqlangan jadvalga muvofiq, qabulni Jamiyat boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Y.Korjikov ötkazdi.



Unda hudud aholisi va oliy taʼlim muassasasi talabalari iştirok etdi. Oçiq muloqot şaklida ötgan uçraşuv davomida iştirokçilarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Kötarilgan har bir masala atrofliça körib çiqilib, ularni hal etiş böyiça tegişli çora-tadbirlar belgilab olindi.

Qabul jarayonida kimyo sanoati uçun malakali kadrlar tayyorlaş, taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasini kuçaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, talabalarning xorijiy davlatlarda malaka oşirişini taşkil etiş, tarmoq korxonalarida öquv va işlab çiqariş amaliyotini ötaş imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, korxonalarda yuzaga kelayotgan texnologik va işlab çiqariş masalalariga universitetning ilmiy salohiyatidan foydalangan holda yeçim topiş böyiça takliflar bildirildi.

“Özkimyosanoat” AJ tomonidan sayyor qabullarning muntazam taşkil etilişi fuqarolar bilan bevosita muloqotni mustahkamlaş, murojaatlarda kötarilgan masalalarni joyida örganiş va ularning yeçimi böyiça amaliy çoralar körişga qaratilgan.