“ÖZKIMYOSANOAT” AJ: 2026-YILNING 9 OYIDA SANOAT IŞLAB ÇIQARIŞ KÖRSATKIÇLARI

// 03 November 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (802.93 KB)

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida ”Özkimyosanoat” AJ tizimida sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 20,7 trln sömni taşkil etdi. Bu belgilangan rejaga nisbatan 114,3 foiz, ötgan yilning mos davriga nisbatan esa 110,2 foiz ösişni ta’minladi.

Hisobot davrida jami 1 051,9 ming tonna mineral öğit işlab çiqarildi.

Jumladan:

  • 809,7 ming tonna azotli öğit;
  • 85,4 ming tonna fosforli öğit;
  • 156,9 ming tonna kaliyli öğit


Şuningdek, ötgan yilning mos davriga nisbatan boşqa turdagi kimyo mahsulotlari işlab çiqariş hajmida ham ösiş qayd etildi.

Xususan, avtomobil şinalari işlab çiqariş 146 ming donaga, konveyer lentasi 16 ming pogon metrga, superfosfat 113 ming tonnaga, kaustik soda 8 ming tonnaga hamda PVX 11 ming tonnaga oşdi.

Mazkur körsatkiçlar ”Özkimyosanoat” AJ tizimida işlab çiqariş hajmlarini oşiriş, mahsulot turlarini kengaytiriş va tarmoqning işlab çiqariş salohiyatini mustahkamlaş borasidagi işlar izçil davom etayotganini körsatadi.