“Oʻzkimyosanoat” AJda “Yosh kitobxon xodim” tanlovining respublika bosqichi oʻtkazildi

// 22 October 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (26.82 MB)

Xabar berganimizdek, tarmoq korxonalarida faoliyat yurituvchi barcha yoshdagi xodimlar uchun “Yosh kitobxon xodim” koʻrik-tanlovlari oʻtkazildi. 

Diyorimizda yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutaffakirlarimizning boy maʼnaviy merosini, umumbashariy sivilizatsiya, madaniyat, dunyoviy va diniy  ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, ularning nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur oʻrganish maqsadida tashkil etilgan kitobxonlik koʻrik-tanlovlarida jamiyat tarmoq korxonalari xodimlari har yili faol ishtirok etishadi. 

Bugungi tanlovda ham 30 yoshgacha boʻlgan xodimlar badiiy asarlar bilimdoni, tezkor savol-javob, sheʼriyat, buyuk mutafakkir va adib kabi 4 ta shart boʻyicha bellashishdi va bilimlarini namoyon etishdi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati