“Oʻzkimyosanoat” AJda Xitoy kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

// 13 October 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (12.28 MB)

 
“Oʻzkimyosanoat” AJda Xitoyning muhandislik-texnik sohada faoliyat yurituvchi SINOPEC Nanjing Engineering Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.



Muloqot davomida kimyo sanoatida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda zamonaviy muhandislik va texnologik yechimlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, sanoat korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilgʻor xalqaro tajribalarni tatbiq etish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, mutaxassislar oʻrtasida professional tajriba va ekspertlik bilimlarini almashish yoʻnalishlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Suhbat chogʻida kimyo sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlar, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik jarayonlarni takomillashtirish borasidagi istiqbolli yoʻnalishlar yuzasidan ham fikr almashildi.



Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro ishbilarmonlik aloqalarini davom ettirish, hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini oʻrganish hamda Oʻzbekiston kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.