“Oʻzkimyosanoat” AJda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi

// 12 December 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (21.45 MB)

Bugun “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirga jamoatchilik, OAV vakillari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimlari, yoshlar taklif etildi 

Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning tarmoq korxonalari faoliyati, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Taʼkidlash joiz, oʻtgan 2023-yilda “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan saʼy-harakatlar yuqori baholanib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining davlat organlari va tashkilotlarida qorrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash indeksida 90 ball bilan 3-oʻrin- “yashil” koʻrsatkichni qayd etdi. 

Korrupsiyaning nafaqat davlatning yoki jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun, balki har bir shaxsning hayotiga boʻlgan xavf ekani, jamoadagi ishchanlik muhitiga salbiy taʼsiri haqida atroflicha toʻxtalib oʻtildi. 

Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzuga oid savollariga atroflicha javoblar berildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati