“Oʻzkimyosanoat” AJda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha soʻnggi yillarda amalga oshirilgan ishlar

// 03 October 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (297.15 KB)

Tarmoq korxonalarida atmosfera havosi, suv va yer resurslarini muhofaza qilish, chiqindi bilan ishlash, o'simliklar dunyosini muhofaza qilish bo'yicha jami 144 ta chora-tadbir o'tkazildi. 

2023-yil yanvar-avgust oylarida atrof muhitni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi yoʻnalishida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida:

Atmosferaga 18884,606 tonna tashlanmalar kamayishiga, jumladan, 1043,66 tonna toksik tashlamalar, 6 mln m3 suv tashlanmalari kamayishiga erishildi; 13000 ming m3 artezian suvlari hamda 2,77 ming m3 ichimlik suvlari iqtisod qilindi; 718,1 gektar yer texnik rekultivatsiya qilindi; 11 765,07 tonna chiqindi utilizatsiyaga topshirildi; 117170 tup  koʻchat va 175 536 dona gullar ekildi; 1400 tup daraxtga zararkunandalarga qarshi ishlov berildi;

“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari va unga tutash hududlarda 360 800 kv.metr maydonlar tozalandi; 125,450 km masofadagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, jumladan, yoʻllar, velosiped va piyodalar yoʻlaklari, energetika taʼminoti obyektlari taʼmirlandi va tozalandi; 241 722 kv.metr maydondagi transport infratuzilmasi obyektlari tozalandi; 480 850 kv.metr maydondagi avtomobil yoʻli va temiryoʻl boʻylari begona oʻtlardan tozalandi va obodonlashtirildi; 34 947 kv.metr maydondagi irrigatsiya va melioratsiya obyektlari tozalandi va tartibga keltirildi; tarmoq korxonalari hududlaridagi va unga tutash hududlaridagi 78 311 dona daraxtlar parvarishlandi, oqlandi va ularga tegishli shakllar berildi.