Joriy yil bahor mavsumida Jamiyat tarmoq korxonalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 108,1 ming dona manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda mazkur xayrli tadbir faol davom etmoqda. Tarmoq korxonalarida 61,4 gektar yerga jami 465, 6 ming tup, shu jumladan 168,1 ming, korxonalarda hamda 297, 5 ming tup manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari rahbar va ishchi xodimlar tomonidan ekildi.
12 gektardan ortiq yerlarda “yashil belbog‘”lar yaratildi, avtomobil yo‘llari atrofiga 10 qatordan manzarali daraxtlar ekildi.
O‘tkazilgan ko‘chatlarni e’tibordan chetda qoldirmaslik, unib-o‘sishi uchun sharoitlar yaratish va parvarishlash masalalariga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, tomchilab sug‘orish tizimlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Hozirda ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati