
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ matbuot xizmati tomonidan OAV vakillari uchun Chirchiq kimyo industrial texnoparkiga press-tur tashkil etildi.
.jpg)
Tadbirda OAV vakillari texnopark hududida amalga oshirilgan bir qator sanoat loyihalari bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan,
Taʼkidlash lozim, texnoparkda mahalliylashtirish, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha salmoqli natijalarga erishilmoqda.
.jpg)
Xususan, birgina 2025 yilning oʻzida texnoparkda umumiy qiymati 36,5 mln AQSH dollarlik 8 ta loyiha ishga tushirildi. Natijada 312 nafar yangi ish oʻrni yaratildi. Rezidentlar tomonidan shu kunga qadar umumiy qiymati 100 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalar oʻzlashtirilib, 954 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Shu bilan birga, texnopark hududida taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, kasb-hunarga oʻqitish hamda hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida joriy yilda Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlikda “Intellektual kimyo-texnologiya tizimlari” ilgʻor muhandislik maktabi tashkil etildi.
.jpg)
Вu yerda magistr bosqichidagi talabalar uchun kimyoviy texnologiya, texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hamda kimyoviy texnologik jarayonlar va apparatlar mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv jarayonlari olib borilmoqda.
.jpg)
Tadbir davomida OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga texnopark vakillari tomonidan batafsil javob berildi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)