“O’zkimyosanoat” AJ jamoasi umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda

// 18 March 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (53.55 MB)

Hashar ancha yillardan buyon saqlanib kelayotgan, insonlarni bir maqsad yoʻlida birlashishga, yurt ravnaqi va farovonligiga oʻz hissasini qoʻshishga chorlaydigan milliy anʼanalarimizdan biri.

Maʼlumki, 16-18-mart kunlari Navroʻz bayrami munosabati bilan butun respublikamizda “Obod va fayzli mahalla-yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hashari boʻlib oʻtmoqda. 

Xuddi shunday “Oʻzkimyosanoat” AJ masʼullari va xodimlari ham ushbu hasharda faol ishtirok etishmoqda va erta tongdan Jamiyat binosi va hovlisini obodonlashtirishmoqda.    

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati