“Oʻzkimyosanoat” AJ ishchi guruhi joylarda aholi muammolarini oʻrganmoqda

// 14 March 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (865.56 KB)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati va mas'ullaridan iborat ishchi guruhi hududlarda bo'lib turibdi.

Tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil qilgan holda aholi daromadlarini oshirish, kambagʻal oilalar bilan manzilli ishlash maqsadida oʻtkazilayotgan sayyor qabullarda aholi murojaatlari tinglanmoqda. 

Xususan, mana shunday sayyor qabullar Farg'ona viloyati  Yozyovon tumanining “Yangi Boʻston” va “Yangiobod” MFYlarida istiqomat qilayotgan yurtdoshlar bilan tashkil etildi.  
Unda  tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ekin ekishga tayyorlash ishlarini tashkil etish va bunda aholiga koʻmaklashish masalalari muhokama qilindi. 

Aholi murojaatlari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko'rildi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati