“O‘zkimyosanoat” AJ ishchi guruhi hududlarda kimyo sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

// 30 March 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (511.2 KB)

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Korjikov boshchiligidagi ishchi guruhi xizmat safari doirasida Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimlari bilan uchrashdi.

Safar davomida hududlarda kimyo sanoatini yanada rivojlantirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, soha korxonalarining istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlari hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, korxonalar faoliyati bilan tanishish, ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish va sohadagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.