“Oʻzkimyosanoat” AJ Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etdi

// 25 June 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (36.92 MB)

Joriy yilning 19-20-iyun kunlari Fargʻona viloyati Fargʻona shahridagi “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi”da Hududiy tarmoqalararo sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtdi. 

Yarmarkaning asosiy maqsadi yirik tarmoq korxonalariga mahalliy kichik va xususiy biznes korxonalari tomonidan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni yetkazib berishda kooperatsiya aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat boʻldi. 

Ushbu yarmarka qurilish materiallari, toʻqimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, kimyo, neft va gaz, mashinasozlik, elektrotexnika hamda farmatsevtika sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarish sohalariga ixtisoslashgan tarmoq va hududiy korxonalar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarni yanada mustahkamlash bilan birga, kichik biznes subyektlari uchun ham yanada katta imkoniyatlar eshigini ochadi. 

Xususan, tadbirda 200 ta korxona mingdan ziyod mahsuloti bilan ishtirok etdi.

Taʼkidlash joiz, sanoat yarmarkasida “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari tomonidan 250 ga yaqin mahsulotlar koʻrgazmalar orqali namoyish etildi. Sanoat kooperatsiyasi doirasida tarmoq korxonalari tomonidan mahsulotlar sotish va sotib olish boʻyicha jami 28 ta 165 mlrd soʻmlik shartnomalar imzolandi.

Talab yuqori boʻlgan va oʻzlashtirish uchun tavsiya etilayotgan import mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan salohiyatli kichik biznes tadbirkorlik subyektlariga batafsil axborotlar berildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati