Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ homiyligida Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida joylashgan 19-maktabni toʻliq taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi. Respublikamizdagi barcha umumta’lim muassasalari kabi ushbu maktabda ham kuni kecha 2024-2025 oʻquv yili mashgʻulotlari boshlandi. Yangi oʻquv yiliga bagʻishlab oʻtkazilgan tantanali marosimda Jamiyat boshqaruvi raisi oʻrinbosari Akobir Toʻxtayev ishtirok etdi va oʻquvchilarni tabriklab muvaffaqiyatlar tiladi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan taʼlim muassasalarini taʼmirlash, laboratoriya xonalarini jihozlash va oʻquvchilar uchun zarur-shart-sharoitlarni yaratish kabi xayrli tashabbuslar doimiy amalga oshirilib kelmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati