“O‘zkimyosanoat” AJ faoliyati “Ochiqlik indeksi – 2025”da yuqori baholandi

// 13 April 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (191.58 KB)

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2025-yil yakuniga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik darajasini baholash natijalari doirasida vazirliklar kesimidagi reytingni e’lon qildi.

Reytingga ko‘ra, jami 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati baholandi. Baholash 84 ta mezonni o‘z ichiga olgan 8 ta indikator asosida amalga oshirildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 66 ta davlat organi “yashil”, 22 tasi “sariq” va 9 tasi “qizil” toifaga kiritildi. 2022-yildagi ilk natijalar bilan solishtirilganda, “yashil” toifadagi tashkilotlar soni 3,5 barobarga oshgan. Shu bilan birga, “sariq” toifadagilar 2 barobarga, “qizil” toifadagilar esa 3 barobarga kamaygan.

Ahamiyatlisi, mazkur reytingda “O‘zkimyosanoat” AJ 80,0 ball bilan yashil ko'rsatkichni qayd etdi.