Yangi Oʻzbekiston universitetining faxriy rektori, nemis kimyogari, professor Dr. Volfgang A. Hermann hamda universitet prorektori Baxtiyor Yoʻldoshev “Oʻzkimyosanoat” AJga tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda kimyo sohasida ilm-fan, taʼlim, zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan yetuk kadrlar tayyorlash, shuningdek, ularni munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Kadrlar tayyorlashda Yevropa universitetlari bilan hamkorlikni o‘rnatishga amaliy yordam ko‘rsatish va ilm-fanni ishlab chiqarish jarayonlari bilan integratsiyalashuvini hamkorlikda amalga oshirishga kelishib olindi.