“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari ilmiy darajaga ega boʻldi

// 06 August 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (8.99 MB)

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari Akobir Xakimovich Toʻxtayev “Sanoat korxonalarida transformatsiya jarayonlarini samarali boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi huzuridagi ilmiy kengash qaroriga asosan iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega boʻldi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi Akobir Xakimovichni ilmiy daraja bilan qutlaydi va kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 


 
 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati