Toshkent shahrida joylashgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashgan maktabning 20 nafar o‘quvchilari jamiyat o‘quv markazi va korxona faoliyati bilan tanishdilar.
Ushbu ta’lim maskani respublikadagi 3 ta tayanch maktablaridan biri bo‘lib, o‘quv muassasidagi tahsilni yakunlagan yoshlar imtiyozli ravishda poytaxtdagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga o‘qishga qabul qilinadi.
Korxonadagi ekskursiya o‘quvchilarni ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirish, sohada mutaxassislarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va zamonaviy texnologiyalar orqali kimyoviy mahsulot hamda mineral o‘g‘itlar tayyorlash bosqichlari bilan tanishtirishga xizmat qildi.
Xodimlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot yoshlarning kimyo sanoatiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
"Navoiyazot" AJ axborot xizmati