O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, O‘zbekiston standartlar institutining Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi tomonidan korxonadagi sinov laboratoriya hamda muvofiqlikni baholash organlari xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi nihoyasiga yetdi.
"Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohalari mutaxassislarining korxonalarda standartlashtirish faoliyati" ixtisosligi bo‘yicha tashkil etilgan darslarda jamiyat mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalari oshirildi.
Ushbu o‘quv kursida faol ishtirok etgan 27 nafar korxonada faoliyat yuritayotgan bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.
"Navoiyazot"AJ axborot xizmati