«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati xalqaro baholovchi tashkilotlarini taklif etadi

// 08 June 2015 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (46.26 KB)

«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati strategik chet el investorlariga sotish maqsadida jamiyat ustav fondidagi davlat ulushi qiymatini baholash uchun tanlovda ishtirok etishga xalqaro baholovchi tashkilotlarini taklif etadi.

Baholash O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 aprelidagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2340-sonli qarorini ijrosini ta'minlash doirasida amalga oshirilmoqda.

Baholash tashkilotlari – tanlov ishtirokchilari quyidagi ma'lumotlarni taqdim etishlari lozim:

1. Ta'sis hujjatlar, xo'jalik su'ektini davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risida guvohnoma, litsenziyalar, sug'urta polisidan nusxa.

2. Tashkilot faoliyati to'g'risida ma'lumot, shuningdek muhim mutaxassislar to'g'risda  ma'lumot, ularning kasbiy tayyorgarligi, yirik ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek davlatga tegishli korxonalarining (birinchi o'rinda – kimyo ishlab chiqarish korxonalari) aksiyalarini baholash bo'yicha malakasi, hamda malaka sertifikatlari mavjudligi va professional jamoat birlashmalariga a'zolik;      

3. «Navoiyazot» AJ aktivlarini hususiyatlarini inobatga olgan holda qo'llaniladigan baholash usullarini tasnifi;

4. Qo'llaniladigan baholash standartlarini asoslash;

5. Amalga oshiriladigan ishlarning muddati va sharoitlari, ko'rsatiladigan hizmatning narxi.

Buyurtmachi: O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi (Davlat aksiyalarini sotish tartibi to'g'risidagi nizom, VMQ-279-sonli qaror bilan tasdiqlangan).

To'lovchi: «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati (Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish tender savdolarini o'tkazish bo'yicha Davlat komissiyasining 2015 yil 25 maydagi 02-02-11-13-sonli yig'ilish bayonining)

Takliflar qabul qilinish joyi: 100011, Toshkent sh., Navoiy k, 38 uy, “Uzkimyosanoat” DAK ma'muriy binosi, 4 qavat, «Navoiyazot» AJ vakolatxonasi.  

Tijorat takliflar mazkur e'lon chop etilishi va «Navoiyazot» AJ rasmiy saytida joylashtirilgan kundan boshlab 2015 yilning 15 iyuni soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Tijorat takliflarni ko'rib chiqish joyi va vaqti: Navoiy sh, ishlab chiqarish zonasi, «Navoiyazot» AJ ma'muriy binosi, 16 iyun 2015 yil.

Murojaat telefonlari: ish (371) 140-74-64, mob. +998 91 2500427

Qonunchilikda o'rnatilgan tartibda oshkora qilinishi shart bo'lgan ma'lumotlar (buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to'risida hisobot va boshqalar) www.navoiyazot.uz rasmiy korporativ saytiga joylashtirilgan.