“Navoiyazot” AJ xodimlari xayriya aksiyasida ishtirok etishdi

// 29 March 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (620.63 KB)

Yaxshilik vaqt, makon, zamon tanlamaydi. O‘zgalar salomatligi, taqdiriga befarq bo‘lmaslik mehr-oqibat namunasidir.  Qon donorlari kasallik, baxtsiz hodisa natijasida hayoti xavf ostida qolgan  bemorlarga beg‘araz yordam ko‘rsatadigan ana shunday saxovatpesha insonlar safida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki ikki oyi mobaynida 2253 nafar fuqaro qon donori sifatida bemorlarga beg‘araz yordam ko‘rsatdi. Natijada 1154 litr miqdoridagi qon zahirasi yaratildi.

Qon donori har gal markazga kelganida dastlab o‘z salomatligi haqida ma’lumotga ega bo‘ladi. Qondagi gemoglabin miqdori, yuqumli xastaliklarga chalinish xavfi bor yoki yo‘qligi aniqlanadi.

“Navoiyazot” AJ xodimlari muntazam ravishda beg‘araz donorlar safida xayriya tadbirlarida faol ishtirok etishadi. Bu gal 20 nafarga yaqin kimyogarlar tashabbus ko‘rsatib, qaysidir fuqaroning salomatligini mustahkamlash va hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shdilar.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI