Bugun O‘zbekiston forumlar saroyida “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimni Oliy Majlis senati raisi Tanzila Norbayeva ochib berib, mamlatimizning faol xotin-qizlari va tanlov gʻolibalarini tabrikladi.
Quvonarlisi, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy davlat organi” nominatsiyasida faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Mukofotni “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nasiba Sodiqova qabul qilib oldi.
“Navoiyazot” AJda faoliyat yuritayotgan 3497 nafar ayol xodimlarning mamlakatimiz kimyo sanoati, qolaversa, gender tenglik siyosatini amalga oshirishda ko‘rsatayotgan mehnatlari yuksak e’tirof etildi.
“O‘zkimyosanoat” AJ “Navoiyazot” AJ jamoasini ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaydi!