“Mustaqillik kubogi”: basketbol bahslarida gʻoliblar aniqlandi

// 20 August 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (5.77 MB)

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar xodimlari oʻrtasida tashkil etilayotgan “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari qizgʻin davom etmoqda.



Navbatdagi bahslar basketbol sport turi boʻyicha oʻtkazilib, jamoalar maydonda oʻzlarining mahorat, chaqqonlik va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi.

Murosasiz va qizgʻin kechgan uchrashuvlar yakuniga koʻra:

  • 1-oʻrin — “Qoʻngʻirot soda zavodi” jamoasi.
  • 2-oʻrin — “Navoiyazot”  AJ jamoasi;
  • 3-oʻrin —“Indorama-Fargʻonaazot” AJ

Musobaqalar nafaqat sportdagi eng kuchli jamoalarni aniqlash, balki tarmoq korxonalari xodimlari oʻrtasida doʻstona muhit, jamoaviy ruh va sogʻlom raqobatni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.