Mustaqilligimizning 35 yilligi: tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

// 19 June 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (17.37 MB)

“O‘zkimyosanoat” AJ tizim korxonalarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash hamda bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.


“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari raisligida o'tgan yig'ilishda tizim korxonalari rahbariyatlari, ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari, yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar, oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar, matbuot xizmati vakillari hamda kasaba uyushmalari raislari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Mustaqillik bayramini yuqori saviyada tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi, targ‘ibot ishlari hamda bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.