2021-2022 yangi o'quv yiliga hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlandi

// 15 June 2021 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (129.79 KB)

D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali 2021-2022 yangi o'quv yiliga hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlanganligini e'lon qiladi. Qabul jarayoni 2021 yil 19 iyundan 13 iyulgacha davom etadi.

Filialda respublikaning sanoat tarmoqlaridagi muhim ilmiy-texnologik vazifalarni hal etishga qodir bo'lgan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq tayyorlash amalga oshiriladi.

Filialga 40% talabalar davlat granti asosida qabul qilinadi. To'lov shartnoma asosida qabul qilingan talabalarga “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan to'lov puli qoplanib berish imkoniyati mavjud bo'lib, o'qish tugaganidan so'ng ish bilan ta'minlanishi kafolatlanadi.

Filial kampusi zamonaviy jihozlangan laboratoriya, yopiq va ochiq sport maydonchalari, mamlakatimizning turli hudularidan kelib tahsil olmoqchi bo'lganlar uchun barcha sharoitlarga ega 225 o'rinli shinam talabalar turar joyi mavjud.

Filialni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Respublikamizda barpo etilayotgan zamonaviy kimyo korxonalrda ishlash imkoniyati beriladi.

Manzil: Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ-1, 47 uy.

Ma'lumotlar uchun telefon: +998996445238