"Men donorman" xayriya aksiyasi o'tkazildi

// 16 February 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (625.32 KB)

Yaxshilik chegara bilmaydi. Bemorning salomatligi va hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish esa savobli ish. Ana shunday xayrli tashabbusda “Navoiyazot”AJ xodimlari ham faol ishtirok etishadi. Qon va uning tarkibiy qismlariga hamisha ehtiyoj mavjud. Kutilmagan favqulodda holatlar, baxtsiz hodisalar natijasida jabr ko‘rgan yoki og‘ir xastalikdan aziyat chekayotgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarishda qon donorlarining saxovati suv va havodek zarur.

“Bor mehrimiz senga, bolajon” aksiyasi Navoiy shahridagi saxovatpesha kishilar singari kimyogarlarni ham bir manzilda jamladi. 

O‘z xohishi bilan o‘zgalarga beg‘araz yordam ko‘rsatish maqsadida qon topshirgan hamyurtlarimizga mutaxassislar tomonidan donorlikning inson salomatligi uchun foydali bo‘lgan jihatlari haqida ma’lumot berildi.

Bunday xayrli ishdan qalblar hotirjam bo‘ladi. Zero, yaxshilik natijasi sog‘lom hayotga qaytgan kishilar minnatdorligida namoyon bo‘ladi.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI