Maxsus tibbiy ko'rik tashkil etildi

// 27 July 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (764.67 KB)

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ko‘magida “Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga yuqumli kasalliklarni oldini olish sohasida texnik yordam ko‘rsatish dasturi” doirasida ko‘chma tibbiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 26-iyul kuni Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali shifokorlari hamda “O’zkimyosanoat” AJ va “Maxam-Chirchiq” AJ rahbariyati bilan hamkorlikda jamiyatning 120 nafar xotin-qizlarining salomatligiga eʻtibor qaratish va tiklash uchun korxona hududida kasalliklarni erta skriningdan oʻtkazish maqsadida mobil mammografik kompleks jalb qilingan holda, tor doiradagi mutaxassislar va umumiy amaliyot shifokorlari yordamida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.