2015 yil 29 aprelda “Maksam - Chirchiq” AJda korxonaning fuqaro muhofazasi tuzilmalari Chirchiq shahrining Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimining xizmatlari bilan birgalashib hamkorlikda ishlash ko'nikmalarni takomillashtirish bo'yicha ko'rgazmali maxsus-taktik mashqi o'tkazildi.
Mashq davomida texnogen xususiyatga ega shartli favqulodda vaziyatni bartaraf etish bo'yicha vazifalar bajarildi.
Ko'rgazmali maxsus - taktik mashqiga 438 nafar kishi hamda 34-ta maxsus va muhandislik texnika vositalari jalb etildi.