Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

// 31 January 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (18.67 MB)

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Jamiyat rahbariyati va markaziy apparat xodimlari, tizim korxonalari masʼullari ishtirok etishdi. 

Yigʻilishda dastlab tarmoq korxonalarining 2023-yilda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning “yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilindi. 2024-yil uchun maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samarasini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. 

Shuningdek, har bir korxona kutubxonasi fondini badiiy va sohaga oid kitoblar bilan boyitish, gender tenglikni taʼminlashda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida soʻz bordi. Xususan, “Eng faol innovator ayol” tanlovida korxona xotin-qizlari ishtiroki qamrovini kengaytirish muhokama qilindi. 

Shu bilan birga, ishchi xodimlar oʻrtasida ichki turizmni rivojlantirish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va respublika boʻylab sayohatlar tashkil etish, yosh xodimlarning gʻoya va takliflarini qoʻllab-quvvatlash va amalda tatbiq etish masalalari koʻtarildi. 

Har bir korxonalarda yangi, zamonaviy jihozlangan, barcha qulayliklarga ega boʻlgan “Kimyo sanoati tarixi idoraviy muzey”larini tashkil qilish tartibi va talablarini ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi.