“Oʻzkimyosanoat” AJda 18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Bayrogʻim – millat iftixori” shiori ostida maʼnaviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbirda tarmoq korxonalari faol ishtirok etishdi.
Ishchi-xodimlar tomonidan davlat bayrogʻining qadr-qimmati, millat gʻururini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi hamda sahnalashtirilgan chiqishlar namoyish etildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati