Lak-bo‘yoq materiallari va qoplamalar, ularni ishlab chiqarish uchun xomashyo, uskunalar hamda zamonaviy texnologiyalarga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga start berildi

// 16 September 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (36.09 MB)

Bugun poytaxtimizda lak-bo‘yoq materiallari va qoplamalar, ularni ishlab chiqarish uchun xomashyo, uskunalar hamda zamonaviy texnologiyalarga bag‘ishlangan Uzbekistan Coatings Show xalqaro ko‘rgazmasiga start berildi.



Tadbirda “O‘zkimyosanoat“ AJ boshqaruvi raisi hamda mutaxassislar ham ishtirok etib, ko‘rgazma ekspozitsiyalari bilan tanishishdi. Unda mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari, ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlar bilan muloqotlar o‘tkazilib, lak-bo‘yoq sanoatidagi zamonaviy texnologiyalar, yangi mahsulot turlari va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.



Ko‘rgazmada 10 ta mamlakatdan 70 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etib, 3000 ga yaqin tashrif buyuruvchilar uchun mahsulot va ishlanmalar namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir doirasida biznes-konferensiyalar, panel sessiyalari, mahorat darslari va B2B uchrashuvlar tashkil etilgan. Ularda sohadagi dolzarb masalalar, yangi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinmoqda.