Elektr energiyasi ta'minotidagi qisqa muddatli uzilish “Qo'ng'irot soda zavodi” MChJ QK faoliyati rejadan tashqari to'xtashiga sabab bo'ldi

// 02 July 2021 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (62.95 KB)

2021 yil 1 iyul kuni soat 19:41da yuqori kuchlanishli 220 kVli “Karakalpakstan-1,2” elektr tarmog'ida elektr energiyasi qisqa muddatli uzilishi ro'y berdi. Buning oqibatida “Qo'ng'irot soda zavodi” MChJ QK 1- va 2-bosqich kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish sexlari to'liq to'xtadi.

19:50dan boshlab kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish sexlari ishga tushirila boshlandi va 22:20ga qadar korxona asosiy va yordamchi sexlari to'la quvvatda ishga tushirildi.

Shu kunning o'zida 22:40da elektr energiyasi ta'minoti uzilishi qayta kuzatildi va buning oqibatida 2-bosqich kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish sexi to'liq to'xtadi.

Elektr energiyasi ta'minoti tiklangach, 22:55dan boshlab kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish sexlari bosqichma-bosqich ishga tushirildi hamda 2 iyul kuni soat 00:25da tayyor mahsulot olindi.

Yuz bergan to'xtalishlar “Qo'ng'irot soda zavodi” MChJ QKning kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish hajmlari kamayishiga sabab bo'ldi va 95 tonna kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish imkoniyati boy berildi.

Ushbu avariyaviy to'xtash natijasida vujudga keladigan kamomadlarga qaramasdan tuzilgan shartnomalar doirasida ichki va tashqi bozorlarga mahsulotlar to'liq hajmda o'z vaqtida yetkazib berilishi ta'minlanadi.

 

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati