KOICA va KRICT qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarining yakuniy seminari bo‘lib o‘tdi

// 24 August 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (16.84 MB)

Toshkent shahrida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ko‘magida Koreya kimyoviy texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘shma ilmiy-tadqiqot (Joint R&D) loyihalarining yakuniy seminari – Final Review Workshop bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda KRICT rahbariyati va ilmiy xodimlari, koreyalik ekspertlar, O‘zbekiston tomonidan qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari ishtirokchilari hamda “O‘zkimyosanoat” AJ vakillari ishtirok etdi.



Seminarning asosiy maqsadi qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyati yakunlarini sarhisob qilish, erishilgan natijalarni ko‘rib chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.



Seminar doirasida ikkita qo‘shma R&D loyihasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar taqdim etildi.

Taqdimotlar davomida tomonlar olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini batafsil ko‘rib chiqib, o‘zaro fikr va tajriba almashdilar, shuningdek, ishlab chiqilgan texnologiyalarning amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Tadbir yakunida umumiy muhokama o‘tkazilib, seminar natijalari sarhisob qilindi.