“Oʼzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari oʼrtasida oʼtkazilgan “Kitobxon xodim” tanlovining gʼoliblari aniqlandi

// 20 October 2021 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (417.03 KB)

“Oʼzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishchi-xodimlari oʼrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan “Kitobxon xodim” tanlovi oʼtkazildi.

Tanlovda “Oʼzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizim korxonalarida faoliyat yuritayotgan barcha ishchi-xodimlar ishtirok etdi. Tanlovni tashkil etishdan koʼzlangan asosiy maqsad ishchi-xodimlar oʼrtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi oʼrni va ahamiyatini targʼib qilish orqali jamoada har tomonlama sogʼlom muhit yaratish va fikrlash doiralarini yanada kengaytirish, Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida kitobxon xodimlarni qoʼllab-quvvatlash, ularning maʼnaviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targʼib qilish va kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Tanlov quyidagi uchta shart asosida tashkil etiladi:

  1. “Eng koʼp kitob oʼqigan xodim” sharti. Bunda ishtirokchilar taqdim etgan oʼqigan kitoblari roʼyxati asosida baholandi.
  2. “Аnnotatsiya mahorati” sharti. Bunda ishtirokchi tomonidan oʼzi taqdim etgan badiiy asarlar roʼyxatidan hakamlar tanlagan asar boʼyicha qisqacha maʼlumotlar – annotatsiya berildi.
  3. “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targʼib etish” sharti. Bunda ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targʼib etish jarayoni amalga oshirildi va ishtirokchilarning takliflari tinglandi.

Hakamlar hayʼati qaroriga muvofiq quyidagi ishtirokchilar gʼolib deb topildi:

1-oʼrin: Mirzaeva Sharifa – bosh mutaxassis;

2-oʼrin: Saidov Sanjar – bosh iqtisodchi;

3-oʼrin: Аmanov Аdxam – departament boshligʼi oʼrinbosari.

“Kitobxon xodim” tanlovi gʼoliblari kitoblar toʼplami va diplom bilan taqdirlandi.

“Oʼzkimyosanoat” АJ Matbuot xizmati