KIMYO SOHASIDA MAGISTRATURA VA PhD UCHUN TO‘LIQ GRANTLAR!

// 17 March 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (236.01 KB)

Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) va “O‘zkimyosanoat” AJ  magistratura (1 ta o‘rin) va doktorantura (PhD, 3 ta o‘rin) yo‘nalishlarida barcha xarajatlar qoplangan holda Janubiy Koreyaning yetakchi universitetida tahsil olish uchun tanlov e’lon qiladi!

  • Barcha xarajatlar qoplanadi (shartnoma, turar joy, aviachipta va stipendiya)
  • Eng ilg‘or ilmiy laboratoriyalarda tadqiqot olib borish imkoniyati
  • Xalqaro darajadagi ilmiy tajriba va innovatsion bilimlar
  • Tashkilot tomonidan kafolatlangan ish o‘rni

O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar yangi tashkil etilayotgan Koreya-O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti – Kimyo texnologiya innovatsiya markazida faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar!

Hujjatlarni qabul qilish muddati:
2025-yil 16-apreldan 7-mayga qadar

Qo‘shimcha ma’lumot olish va hujjat topshirish uchun:

Telefon: (+998) 90 003-55-22
E-mail: empark@krict.re.kr    u.tillabaeva@uks.uz

Bu – kelajagingiz uchun noyob imkoniyat!