Kimyo sanoati rivoji – milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga xizmat qiladi

// 05 September 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (208.01 KB)

Bugungi kunda yurtimizda kimyo sanoatini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasini yuqori sifatli mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash orqali iqtisodiyotni yanada yuksaltirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylangan. 

 Shu maqsadda “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bir qator islohotlar, investisiya loyihalari va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yaqinda tarmoqning ilmiy-texnik kengashi yig‘ilishida yangi ishlab chqarish quvvatlarini barpo etishga qaratilgan masala muhokama qilindi. Jumladan, "Samarqand viloyatida kompleks mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha kimyo majmuasini qurish" loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari ko‘rib chiqildi.Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida nafaqat ichki bozor talablari qondiriladi, balki eksport salohiyati ham sezilarli darajada oshishi aytib o‘tildi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga va qishloq xo‘jaligi sohasidagi mahsuldorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi mineral o‘g‘itlar turini ko‘paytirish, sifatini oshirish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Bunday kompleks loyihalar kelgusida O‘zbekistonni mintaqadagi yetakchi kimyo sanoati markazlaridan biriga aylantirishga xizmat qiladi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati