Kiberxavfsizlik: kiberxavflardan himoyalanish muhim

// 14 August 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (32.46 MB)


“Oʻzkimyosanoat” AJda Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Jamiyat xodimlari uchun kiberxavfsizlik mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda internet makonida kiberjinoyatlardan himoyalanish, firibgarlik va aldovlarning oldini olish, shaxsiy hamda xizmat maʼlumotlarini muhofaza qilish, shuningdek, “kibergigiyena” qoidalariga amal qilish masalalari muhokama qilindi.



Mutaxassislar tomonidan fishing hujumlari, soxta havolalar, zararli fayllar va turli firibgarlik sxemalari haqida maʼlumot berildi.

Xodimlarga shubhali havolalarni ochmaslik, notanish fayllarni yuklamaslik, parol va akkauntlarni ishonchli himoya qilish, ikki bosqichli autentifikatsiyadan foydalanish, bank kartasi maʼlumotlari va SMS-kodlarni begona shaxslarga bermaslik tavsiya etildi.



Shuningdek, kiberhujum yoki shubhali holatga duch kelinganda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.



Taʼkidlanganidek, kiberxavfsizlikni taʼminlashda har bir xodimning raqamli savodxonligi va kibergigiyena qoidalariga amal qilishi muhim ahamiyatga ega.