Prezidentimizning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” tashabbusi va PQ-330-sonli qaror mamlakatimizda aholi farovonligini oshirish, shuningdek “Inson qadri uchun” tamoyilini hayotga chuqur singdirish yo‘lida muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida” gi farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “O‘zkimyosanoat” AJ rahbariyati va mas’ullaridan iborat ishchi guruhlar hududlarda bo‘lib, aholining bandligi va daromadini oshirish masalalari bo‘yicha bevosita muloqotlar olib borilmoqda.
Mazkur qaror ijrosi asosida “O‘zkimyosanoat” AJ ishchi guruhi Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida biriktirilgan “Yangiobod”, “Suvliariq” hamda “Ishtirxon” mahallalarida xotin-qizlar bandligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar bajarilmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, 2025-yil davomida “Yangiobod” MFY, “Ishtirxon” MFY va “Suvliariq” MFYlarda “Ayollar daftari” ga kiritilgan 237 nafar ayolning bandligi ta’minlandi hamda ro‘yxatda turgan ayollarni daftardan chiqarish chora-tadbirlari davom etmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati