San-Paulu universiteti (Braziliya) tadqiqotchilari suvdagi mikro va nanoplastikalarni yoʻq qilish uchun arzon va ayni paytda samarali vositani ishlab chiqishdi. Texnologiya magnit nanozarrachalarni qoʻllashga asoslangan boʻlib ular mayda chiqindilar yuzasiga yopishib oladi va uni oʻziga singdiradi, keyin esa parchalanadi.
Braziliyalik kimyogarlar oʻz tadqiqotlarida atrof-muhitning ifloslanishi muammolariga eʼtibor qaratgan. Ularning taʼkidlashicha, hamma joyda plastik chiqindi bor va ular har qanday muhitda: tuproqda, havoda va suv havzalarida uchraydi.
Bu, oʻz navbatida, tirik organizmlar uchun xavf tugʻdiradi. Koʻzga koʻrinmaydigan nanozarrachalar hatto oddiy mikroskoplar yordamida ham aniqlanmaydi. Shu sababli ularni tanib olish va tozalash tizimlaridan yoʻq qilish juda qiyin.
Tadqiqotchilar muqobil yondashuvni taklif qilishdi. Ular immobilizatsiyalangan fermentlar molekulalarini - lipaz va polidofaminni magnit temir oksidi nanozarrachalariga biriktirishgan. "Baxt gormoni" molekulalaridan tashkil topgan bu tabiiy polimer midiya va boshqa mollyuskalar chiqaradigan oqsil birikmalariga oʻxshash noyob yopishtiruvchi xususiyatlarga ega. Ushbu "yopishqoq" iplar nanozarrachalarning plastikka yopishib olishiga va uni yutishiga imkon beradi.
Kimyogarlar oʻz ishida yangicha yondashuvni qoʻllagan holda, reaksiyalarni giperspektral tasvirlar yordamida real vaqt rejimida kuzatishgan. Olingan texnologiya nanoplastikalarni suvni ifloslantirmasdan fermentativ ravishda parchalanishiga imkon beradi. Shunday qilib, magnit nanozarralar ekologik jihatdan qulay.
Ilmiy ish Micron jurnalida chop etilgan.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati