2018 yilning yanvar-fevral oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 12 March 2018 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (45.39 KB)

2018 yilning yanvar-fevral oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 489,9 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 109,3%ni tashkil qildi.

Sof holda 168,5 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 126,2 ming tonna azotli, 15,9 ming tonna fosforli va 26,4 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.

“O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati