“InnoWeek–2026”: “Özkimyosanoat” tizimidagi beş nafar olima ayol innovatsion loyihalari bilan ğoliblar qatoridan joy oldi

// 29 October 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (69.34 MB)

“InnoWeek–2026” — Xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida xotin-qizlar örtasida ötkazilgan “Hududning eng yaxşi 100 ta innovatsion loyihasi” respublika tanlovida “Özkimyosanoat” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan beş nafar olima ayolning innovatsion işlanmalari turli nominatsiyalar böyiça ğolib deb topildi.



Jumladan, quyidagi loyihalar turli nominatsiyalar böyiça ğoliblikni qölga kiritdi:

  • “Eng yaxşi texnologik innovatsiya” nominatsiyasi böyiça “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ xodimi Yulduz Abdurahmonovaning mikroelementlar bilan boyitilgan kaliy xloridi işlab çiqariş loyihasi ğolib deb topildi.
  • “Eng yaxşi ixtiro va yangi texnik yeçim” nominatsiyasida “Navoiyazot” AJ xodimi Dilafruz Samatovaning korxonada işlatilgan NIAP-12-05 katalizatorini qayta işlaş orqali yuqori daromadli nikel tuzlarini işlab çiqariş loyihasi eʼtirof etildi.
  • “Eng yaxşi yaşil innovatsiya” nominatsiyasi böyiça “Navoiyazot” AJ xodimi Umriniso Boyevaning Biokimyoviy qayta işlaş çiqindilari asosida ösimlik uruğlarining unib çiqişini tezlaştiruvçi hamda tuproq degradatsiyasini kamaytirişga qaratilgan kompozitlar oliş loyihasi ğoliblar safidan joy oldi.
  • “Eng yaxşi sanoat va işlab çiqariş innovatsiyasi” nominatsiyasida Toşkent kimyo-texnologiya instituti dotsenti, texnika fanlari doktori Şahnozaxon Salijonovaning Şakar miqdori kamaytirilgan şokoladli pasta oliş loyihasi ğolib deb topildi.
  • “Eng yaxşi yaşil innovatsiya” nominatsiyasining yana bir ğolibi Toşkent kimyo-texnologiya instituti öqituvçisi Bibigul Qoşanova böldi. Uning regeneratsiyalangan dietilenglikol oliş loyihasi kimyoviy moddalarni qayta tiklaş va ulardan samarali foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Quvonarlisi, ğolib loyihalar kimyo sanoati, resurslardan oqilona foydalaniş, işlab çiqariş jarayonlarini takomillaştiriş, ekologik barqarorlik va oziq-ovqat texnologiyalari kabi bir qator muhim yönalişlarni qamrab olgan. “Özkimyosanoat” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan olimalarning mazkur respublika tanlovidagi muvaffaqiyati ularning ilmiy salohiyati, izlanuvçanligi va innovatsion yondaşuvlarining eʼtirofidir.



Bunday natijalar kelgusida yangi işlanmalarni rivojlantiriş, ilmiy-tadqiqot muassasalari va sanoat korxonalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş hamda istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etişga xizmat qiladi.