Ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasi: kimyo sanoatida ilmiy işlanmalar samaradorligini oşiriş masalalari muhokama qilindi

// 22 November 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (40.81 MB)

Özbekiston kimyo texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi hamda «Özkimyosanoat» AJ boşqaruvi raisining kimyo yönalişidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari olimlari bilan uçraşuvi bölib ötdi.



Dastlab, iştirokçilar institutda faoliyat yuritayotgan maxsus laboratoriyalar, ularning ilmiy-texnik salohiyati, mavjud imkoniyatlari hamda amalga oşirilayotgan tadqiqotlar bilan tanişdilar. Muloqot davomida ilm-fan yutuqlarini iqtisodiyot tarmoqlariga, xususan, kimyo sanoatiga integratsiya qiliş, ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş va ularning iqtisodiy samaradorligini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



Xususan, ilmiy loyihalarni işlab çiqarişga joriy etiş mexanizmlarini takomillaştiriş, ularning samaradorlik körsatkiçlarini baholaş, innovatsion texnologiyalarni özlaştiriş, ilmiy muassasalar va sanoat korxonalari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Şuningdek, ilğor xorijiy tajribalarni örganiş va joriy etiş, ekologik jihatdan xavfsiz hamda resurs tejamkor texnologiyalarni rivojlantiriş masalalari ham muhokama markazida böldi.



Oçiq muloqot va savol-javob tarzida ötgan uçraşuvda olimlar va ilmiy muassasalar vakillarining taklif va mulohazalari tinglandi. Jumladan, ilmiy laboratoriyalarning imkoniyatlarini kengaytiriş, ularni kiçik işlab çiqariş texnologiyalari bilan ta’minlaş orqali ilmiy işlanmalarni tajriba-sinov bosqiçidan sanoat miqyosida qöllaşgaça bölgan jarayonni samarali taşkil etiş taklifi ilgari surildi.



Şuningdek, iqtisodiyotning toğ-kon, yengil sanoat, quriliş, maşinasozlik, metallurgiya, farmatsevtika va avtomobilsozlik kabi muhim tarmoqlarini zarur kimyoviy xomaşyo bilan ta’minlaş, şuningdek, kimyo sanoati mahsulotlarining 80–90 foizini işlab çiqarişda iqtisodiy va texnologik jihatdan yuqori samaradorlikni ta’minlaydigan yangi turdagi katalizatorlarni yaratiş böyiça ilmiy takliflar bildirildi.



Uçraşuv yakunida bildirilgan taklif va taşabbuslarni atrofliça örganiş, istiqbolli ilmiy loyihalarni amaliy jihatdan qöllab-quvvatlaş hamda ilm-fan va işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça kelgusi vazifalar belgilab olindi.