ХUSHXABAR

// 25 December 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (138.36 KB)

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni  bilan Mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, fan-texnika taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, nufuzli xorijiy muassasalar bilan oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, boy maʼnaviy merosimizni xalqaro miqyosda targʻib etish, ilgʻor innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qoʻshgan ulkan hissasi, yuksak bilimli va malakali ilmiy xodimlarni tayyorlash, yoshlarimizni buyuk allomalarimizga munosib avlod etib tarbiyalash, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yoʻlidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” davlat unitar korxonasi direktori, akademik Djalilov Abdulaxat Turapovich “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. 

Shu munosabat bilan, akademik Djalilov Abdulaxat Turapovichni “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda koʻp ming sonli kimyo sanoati xodimlari nomidan ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaymiz!