Hashar – elga yarashar

// 14 March 2020 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (210.81 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz miqyosida o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda. Jamiyat tarkibidagi barcha korxona-tashkilot xodimlar va tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar nafaqat korxona hududi balki korxonaga tutash hududlar obodligiga o'z xissalarini qo'shmoqdalar.

Joriy yilning 14-15 mart kunlari yurtimizning barcha hududlarida o'tkazilayotgan “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish xayriya hashari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11 mart kuni qabul qilingan farmoyishiga asosan tashkil etildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, hasharning ilk kunida tushga qadar 6 milliondan ortiq fuqarolarimiz ushbu ezgulik tadbirida faol qatnashdi. Ularning 3 million 700 dan ortig'i yoshlardan iboratdir. 

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati